Matnazarova, Gulbahor and Saidkasimova, Nargiza and Jumaniyozova, Maxfira (2026) XORAZM VILOYATIDA 2014–2024-YILLARDA Salmonella enteritidis KELTIRIB CHIQARGAN SALMONELLYOZ KASALLIGINING HUDUDLAR BO‘YICHA TAQSIMLANISHI. Topical Issues of Medical Sciences, 4 (3). pp. 28-34. ISSN 3030-3133
5.+Matnazarova+Gulbahor,+Saidkasimova+Nargiza,+Xudoyqulov+Jonibek,+Jumaniyozova+Maxfira (2).pdf - Published Version
Download (6MB)
Abstract
Mazkur maqolada salmonellyozlarning, xususan, Salmonella enteritidis bilan bog‘liq infeksiyalarning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari Xorazm viloyati misolida tahlil qilingan. Tadqiqotda 2014–2024 yillar davomida qayd etilgan rasmiy statistik ma’lumotlar, bakteriologik laboratoriya natijalari hamda epidemik o‘choqlarni tekshirish materiallari asosida retrospektiv epidemiologik va statistik usullar qo‘llanildi.Natijalar shuni ko‘rsatdiki, salmonellyozlar bilan kasallanish ko‘rsatkichlari vaqt bo‘yicha notekis o‘zgarib, to‘rtta epidemiologik davr shakllangan: dastlabki yillarda nisbatan yuqori daraja, keyingi davrda pasayish, pandemiya yillarida minimal ko‘rsatkich hamda so‘nggi yillardaqayta o‘sish kuzatilgan. Hududiy tahlil esa kasallanishning asosan urbanizatsiyalashgan hududlarda, ayniqsa Urganch shahrida yuqori ekanligini, qishloq hududlarida esa nisbatan past darajada ekanligini ko‘rsatdi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, salmonellyozlarning tarqalishida oziq-ovqat omili, parrandachilikning rivojlanishi, sanitariya-gigiyena sharoitlari hamda savdo-logistika tizimi muhim rol o‘ynaydi. Profilaktika choralarini takomillashtirishda oziq-ovqat xavfsizligi nazoratini kuchaytirish, veterinariyatadbirlarini kengaytirish, laborator diagnostikani rivojlantirish hamda aholi o‘rtasida sanitariya-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish zarurligi asoslab berildi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | R Medicine > R Medicine (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email admin@admin.com |
| Date Deposited: | 31 May 2026 12:55 |
| Last Modified: | 31 May 2026 13:16 |
| URI: | https://akademarxiv.uz/id/eprint/11 |
